10:38 / 26.10.2018
4 335

Xitoyda dunyodagi eng uzun dengiz ko‘prigi ishga tushdi

Xitoyda dunyodagi eng uzun dengiz ko‘prigi ishga tushdi
Xitoyning Gongkong, Makao va Guangdong provinsiyasining Chjuxay shahrini bog‘lovchi dunyodagi eng uzun dengiz ko‘prigi ishga tushdi, deya ma’lum qilmoqda Darakchi nashri.

Uning uzunligi 55 km.ni tashkil etadi. Gongkong va Guangdong provinsiyasini ko‘prik bilan bog‘lash g‘oyasi 1980-yillar oxirida paydo bo‘lgan, ammo yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida ehtimoliy loyihalardan biri bo‘lib qoldi. Qurilish ishlari esa 2009 yil dekabr oyida boshlangan.

Mazkur yangi ko‘prik Gongkongdan Chjuxaygacha bo‘lgan masofani uch soatdan 30 daqiqagacha qisqartiradi. Po‘lat ko‘prikning og‘irligi 400 ming tonnani tashkil etadi. U 120 yilgacha xizmat ko‘rsatishi kerak va soatiga 300 kilometr shamol tezligi va juda kuchli 8 magnitudali zilzilaga bardosh beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda dunyodagi eng uzun dengiz ko‘prigi ishga tushdi