Olimlar sayyoramiz atrofida, taxminan 400 ming kilometr uzoqlikda aylanuvchi ikkita ulkan chang buluti mavjudligini tasdiqlashdi. Ularning xulosalari MNRAS jurnalida taqdim qilingan.
“Kordilevskiy bulutlari – Yer atrofidagi ikkita eng payqalmas ob’ekt bo‘lib, ular sayyoramizdan Oy kabi masofada joylashgan va shu sababli astronomlar ularni deyarli hech qachon payqashmaydi.Shu tufayli sayyoramizning bu ikki psevdo-yo‘ldoshi mavjudligini tasdiqlay olganimizdan juda xursandmiz”, deb aytgan Budapesht universiteti xodimi Yudit Shliz-Balog.
18-asrdayoq olimlar kichik o‘lchamli samoviy jismlar ma’lum shartlarda sayyora bilan bir orbita bo‘ylab harakatlanishi mumkinligini o‘rnatishgan.
Bunday minglab ob’ektlar yoki “troyan asteroidlar” Yupiter, Mars va Neptun orbitalarida ancha avval topilgan, biroq yaqin vaqtgacha olimlar bunday asteroidni sayyoramiz yaqinida topa olishmagan. Olimlarning aytishicha, sayyoramizning “troyan” yo‘ldoshlarini sayyoramiz sirtidan qaralganda Quyoshga juda yaqin bo‘lgani uchun izlash qiyin.
Bugungi kunda Yerning bor-yo‘g‘i 6 ta kvaziyo‘ldoshi ma’lum. Ularning barchasi bittasidan tashqari juda beqaror orbitalar bilan aylanadi va ulardan bir qismi sayyoramiz ortidan harakatlanishdan to‘xtab, uning orbitasini ochilganidan bir necha yil o‘tib tark etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi