15:53 / 28.10.2018
3 333

Umr ko‘rish davomiyligi eng uzoq bo‘lgan mamlakat nomi e’lon qilindi

Umr ko‘rish davomiyligi eng uzoq bo‘lgan mamlakat nomi e’lon qilindi
Baholash va sog‘lik holatini baholash instituti (IHME) turli mamlakatlarda 2040 yilga kelib yashash davomiyligi yuzasidan bashorat qildi. Tadqiqot natijalari haqida The Sun nashri xabar bermoqda, deb yozadi «Daryo».

Reyting yetakchisi Ispaniya bo‘ldi, u yerda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2040 yilga kelib 85,8 yoshga yetadi. Mutaxassislar mevalar, baliq va sabzavotlarni o‘z ichiga oluvchi O‘rtayer dengizi taomini mazkur hududda uzoq yashashga sabab deb taxmin qilmoqda.

Reyting ikkinchi o‘rnidan Yaponiya (85,7 yosh), uchinchi o‘rnidan esa Italiya joy oldi. Keyingi o‘rinlarni Isroil, Fransiya, Lyuksemburg va Avstraliya egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Umr ko‘rish davomiyligi eng uzoq bo‘lgan mamlakat nomi e’lon qilindi