17:40 / 29.10.2018
4 380

O‘zbekistonga narkotik o‘tkazgan tojikistonlik general-mayor 28 yilga qamaldi

O‘zbekistonga narkotik o‘tkazgan tojikistonlik general-mayor 28 yilga qamaldi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasining sobiq rahbari, general-mayor Fayzullo Gadoyevga nisbatan hukm chiqarildi. Gadoyev Tojikiston Oliy sudi tomonidan 28 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

15 oktyabrda Oliy Sud tomonidan unga nisbatan hukm chiqarilgan. Sobiq vazir 5 ta jinoiy ish bo‘yicha, jumladan, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, katta miqdorda pora olganlik va o‘z lavozimini suiste’mol qilganlik bo‘yicha ayblangan.

Oliy sud tomonidan chiqarilgan hukmga muvofiq, Gadoyevning mol-mulki musodara qilingan. Shuningdek, u davlat mukofotlari va harbiy maqomidan mahrum etilgan.

Gadoyev Tojikiston hududi orqali afg‘on giyohvand moddalarini O‘zbekistonga olib o‘tuvchi sifatida ko‘rilgan hamda uni qo‘lga olish rejasi ikki qo‘shni davlatning huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan. Iyul oyida O‘zbekiston maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olingan Fayzullo Gadoyev Tojikistonga ekstraditsiya qilingan.

Gadoyevni qo‘lga olish chog‘ida uning yonidan juda ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar partiyasi, katta miqdordagi naqd pullar topilgan.

Fayzullo Gadoyev Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2002-2007 yillarda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasini boshqargan. Uning ma’lumotnomasida o‘z lavozimiga sidqidildan yondoshadigan rahbar ekanligi qayd etilgan. Gadoyev Tojikiston IIVda 2011 yilgacha ishlagan va o‘shandan beri ichki ishlar organi pensioneri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonga narkotik o‘tkazgan tojikistonlik general-mayor 28 yilga qamaldi