01:39 / 30.10.2018
4 137

«NTV» jurnalisti 11-qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi

«NTV» jurnalisti 11-qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi
Foto: «Lenta.ru»
Rossiyaning «NTV» telekanali jurnalisti Nikita Razvozjayev o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Lenta.ru»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, muxbir turar-joy binosining 11-qavatidan sakragan.

O‘limidan avval Razvozjayev o‘zining «VKontakte»dagi sahifasida vidolashuv so‘zlarini yozib qoldirgan. U ota-onasi va yaqinlaridan kechirim so‘ragan, o‘limida hech kimni ayblamaslikni aytgan.

«Men umidlaringizni oqlay olmadim. Begona shaharda o‘z xayollarim bilan yakkama-yakka qoldim. Siz yonimda bo‘lsangiz hammasi boshqacha bo‘lardi»,- deb yozgan u ota-onasiga.

Jurnalist, shuningdek, sevgilisiga ham murojaat qilib, undan kechirim so‘ragan.

«Men sen bilan bilan bo‘lishni orzu qilgandim, meni kechirishingga ishongandim. Bunda sening aybing yo‘q», - deb yozgan u.

Nikita Razvozjayev 25 yoshda edi. U 2017 yili Havo desantchilari kunida Gorkov bog‘idagi voqeadan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan, o‘shanda mast erkak jonli efirda muxbirga musht tushirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «NTV» jurnalisti 11-qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi