14:12 / 30.10.2018
3 435

Erdo‘g‘an «siyosiy porani» rad etdi

Erdo‘g‘an «siyosiy porani» rad etdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga yaqin bo‘lgan manbalarning The Nyu York Times gazetasiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Makka amiri, qirol Salmonning maslahatchisi shahzoda Xolid ibn Faysal Turkiyaga jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limini bosti-bosti qilish evaziga «jozibador» bitim taklif qilgan.

Xabar tafsilotlari

Shahzoda Xolid ibn Faysal Istanbulga jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi masalasini hal qilish uchun borgan. U Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Saudiyaning Istanbuldagi konsulligida sodir bo‘lgan ishlarni yashirishi evaziga «jozibador» takliflar bilan chiqib, u bilan bitim tuzishga harakat qilgan.

Saudiya tomoni Anqara boshidan kechirayotgan iqtisodiy inqiroz (Vashington bilan kelishmovchilik ortidan turk lirasining qadrsizlanishi) dan foydalanishga uringan: Bu takliflar quyidagicha: Turkiyaga moliyaviy yordam berish, unga kiritiladigan investitsiyani oshirish, mamlakat ittifoqchisi Qatardan iqtisodiy qamalni olish.

Mazkur takliflar Erdo‘g‘anning g‘azabini qo‘zg‘atgan. U rad javobini bergan va buni «siyosiy pora» deb atagan.

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘z mamlakati konsulligida o‘ldirilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan qattiq tanqid qilinyapti. U Saudiyadan uni o‘ldirish uchun yuborilgan maxsus guruh tomonidan 2 oktyabrda o‘ldirilgan. Ushbu guruh ichida valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmonga yaqin kishilar ham bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an «siyosiy porani» rad etdi