19:30 / 30.10.2018
3 274

Tramp AQSHda tugʻilgan xorijlik chaqaloqlarga fuqarolikni berish holatini bekor qilmoqchi

Tramp AQSHda tugʻilgan xorijlik chaqaloqlarga fuqarolikni berish holatini bekor qilmoqchi
Donald Tramp AQSHda tugʻilgan xorijiy fuqarolarning farzandlari uchun Amerika fuqaroligini olishni bekor qilmoqchi. Bu haqda 30 oktyabr kuni Axios xabar bergan deb yozadi Turon24.

AQSHda tugʻilgan 10 minglab xorijiy bolalar ayni shu usul orqali Amerika fuqaroligini oladi. Ular ichida eng yuqori koʻrsatkich ruslarga tegishli.

AQSH Konstitutsiyasining 14-moddasiga koʻra, Amerika hududida tugʻilgan har bir bola AQSH fuqaroligini olish huquqiga ega.

Donald Tramp qonunni bekor qilish huquqiy qiyinchiliklarga sabab boʻlishiga qaramay, huqushunoslar bilan bu borada maslahatlashuvlar olib borayotganini aytgan.

“Menga har doim Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish shart deb aytishgan. Nima deb oʻylaysiz, uning qaysi normalariga tuzatishlar kiritish kerak?” deydi prezident. AQSHda tugʻilgan xorijiy fuqarolarning farzandlari uchun Amerika fuqaroligini bekor qilish Konstitutsiyani oʻzgartirishni talab qilmaydi. Bu ishni prezident farmonlari asosida ham bajarsa boʻladi, degan Tramp.

AQSH oʻz hududida tugʻilgan xorijiy chaqaloqlarga fuqarolik beradigan dunyodagi 30 davlatdan biri hisoblanadi. AQSHda “Tugʻuruq turizmi” xorijiy mamlakatlarning boy kishilari orasida ommalashgan alohida sanoatdir. 2017 yilda 36 000 bola ushbu usul orqali AQSH fuqaroligiga ega boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp AQSHda tugʻilgan xorijlik chaqaloqlarga fuqarolikni berish holatini bekor qilmoqchi