22:15 / 30.10.2018
3 098

"Gul terib asal qilish": Xitoy G‘arb universitetlaridan o‘z manfaati uchun foydalanmoqda

"Gul terib asal qilish": Xitoy G‘arb universitetlaridan o‘z manfaati uchun foydalanmoqda
Xitoy olimlari G‘arb universitetlaridan Xitoyda harbiy texnologiyalarni rivojlantirish uchun foydalanmoqda. Avstraliyaning Strategik siyosat instituti chiqargan "Gul terib asal qilish" nomli hisobotida G‘arb hukumatlari va universitetlari Pekin o‘z harbiy qudratini xorij texnologiyalari asosida yuksaltirayotganiga loqayd ekanligi ta’kidlangan.

"G‘arb universitetlarida izlanish olib borayotgan xitoylik mutaxassislar vataniga qaytib, o‘rgangan bilimlarini Xitoy harbiy sanoatiga joriy etmoqda", – deyiladi hisobotda.

“Men hech bir universitet bu faktni tan olganini ko‘rganim yo‘q. Ular Xitoy bilan foydali hamkorlik va Xitoy harbiylari bilan hamkorlik o‘rtasidagi farqni ajratib olmagan. Xitoy harbiylari bilan hamkorlik bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmaydi,” – deydi hisobot muallifi Aleks Joske.

Hisobotga ko‘ra, 2007 yildan buyon Xalq ozodlik armiyasiga aloqador bo‘lgan xitoylik 2500 ta olim AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniya kabi yetakchi mamlakatlarga tadqiqot uchun kelgan.

“Ushbu olimlar kvant fizikasi, to‘lqinlarni qayta ishlash, kriptografiya, navigatsiya texnologiyasi va avtonom transportlar kabi strategik va yangi texnologiyalar sohasida ishlashadi”, – qo‘shimcha qiladi muallif.

Xitoydagi "People’s Daily Online" nashrida bunday faoliyat “Xitoyda asal qilish uchun xorijdan gullarni terib kelish” deya ta’riflangan.

Harbiy dengiz akademiyasi va Fazo kuchlari muhandislik universiteti olimlari G‘arb mamlakatlarida doktorlik ishlarini qilganlar yoki mehmon tadqiqotchi sifatida ishlashgan.

Biroq chet elda tadqiqot olib borganiga qaramay, ular davlat va kommunistik partiyaga sodiq bo‘lib qolishgan.

“Partiya ta’limi va mahorat oshirishi mamlakat tashqarisida to‘xtab qolmaydi”, – deyiladi "People’s Daily Online" maqolasida.

Avstraliya universitetlari maqoladagi mulohazalarga darhol munosabat bildirishdi.

“Avstraliya universitetlari xorijlik talabalarning arizalarini ehtiyotkorlik bilan o‘rganadi hamda mudofaa va xavfsizlik agentliklari bilan aloqa o‘rnatgan. Ular Avstraliya milliy manfaatlarini o‘z tadqiqot ishlari va chet ellik talabalar va tadqiqotchilar bilan ta’limiy aloqalar o‘rnatish orqali ta’minlashga beminnat yordam bermoqda”, – deyiladi hisobotda.

Hisobotda aytilishicha, Yangi Janubiy Uels universiteti Avstraliya hukumatining iltimosnomasi bilan mudofaa sohasida bir qator tadqiqotlar olib borgan.

Unda xorijlik va Xitoy armiyasi olimlarining taqriz yozilgan ilmiy maqolalari 2006 yilda 112 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilda 700 dan oshib ketgani ta’kidlanadi. Ularning aksariyati AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada chop etilgan. Bu mamlakatlar xavfsizlik va boshqa masalalarda hamkorlik qiladi.

Ba’zi xitoylik harbiy olimlar Xalq ozodlik armiyasi bilan aloqasini yashirish uchun o‘zlarini mavjud bo‘lmagan akademik institutlar tadqiqotchisi sifatida tanishtiradilar.

Ushbu hisobot AQShlik advokat Kristofer Ashley Ford Xitoyga texnologiyalar uzatilishiga barham berish AQSh uchun ustuvor vazifa ekanligini aytganidan so‘ng e’lon qilindi.

Hisobot muallifi Joskening fikricha, xitoylik va xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasidagi hamkorlik muhim, biroq strategik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi tadqiqotlarga kelganda nazorat juda qattiq bo‘lishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Gul terib asal qilish": Xitoy G‘arb universitetlaridan o‘z manfaati uchun foydalanmoqda