12:53 / 31.10.2018
3 088

Oqto‘ba fojiasi bo‘yicha besh kishiga jazo tayinlash so‘raldi

Oqto‘ba fojiasi bo‘yicha besh kishiga jazo tayinlash so‘raldi
30 oktyabr kuni Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo ixtisoslashgan sudida Oqto‘bada yonib ketgan avtobus ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi.

Sudda davlat prokurori Usmon O‘rinbasaruli yonib ketgan avtobusning uch haydovchisini Qozog‘iston jinoyat kodeksining 292, 345-moddalari bilan aybdor deb hisoblagan va ularga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish, 7 yil haydovchilik huquqidan mahrum qilish, shuningdek, yo‘lovchi tashish bo‘yicha ishlash huquqidan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘ragan.

Usmon O‘rinbasaruli "Aziatranzitservis" transport kompaniyasi direktori va mexanigini ham aybdor deb topgan va ularga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish, 5 yil yo‘lovchi tashish bo‘yicha ishlash huquqi va rahbarlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilish jazolari tayinlanishini so‘rab sudga murojaat qilgan.

2018 yilning 18 yanvar kuni Oqto‘ba viloyatidagi Samara – Chimkent trassasining 1068-kilometrida salonida 52 nafar yo‘lovchi va 3 nafar haydovchi bo‘lgan “Ikarus” avtobusi yonib ketgan, o‘zbekistonlik 52 kishi halok bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oqto‘ba fojiasi bo‘yicha besh kishiga jazo tayinlash so‘raldi