13:17 / 31.10.2018
3 380

Xitoylik erkak xudodan o‘g‘il tilagandi. Xotini qiz tuqqach chaqaloqni sotib yubordi

Xitoylik erkak xudodan o‘g‘il tilagandi. Xotini qiz tuqqach chaqaloqni sotib yubordi
Bu ayanchli voqea Xitoyning Chjetszyan viloyatiga qarashli Iu shahrida sodir bo‘ldi. Shu yil sentyabr oyi o‘rtalarida 42 yoshli Syaoxuey Li xonadonida ikkinchi qiz chaqaloq dunyoga keldi. Erkak aslida xudodan o‘g‘il tilayotgandi. Jahli chiqib chaqaloqni oy oxirida farzandsiz er-xotinga 4 ming yuanga sotib yubordi.

Erkakning onasi chaqaloq yo‘qolib qolganini eshitgach, juda xavotirlanib qoldi. Ona endigina Lining xonadoniga borib chaqaloq parvarishida ko‘maklashmoqchiydi. Ammo Li bu taklifni rad etgandi. Shu onani sergak torttirdi.

Nima bo‘lganda ham u oktyabr oyi boshida nevarasini ko‘rish uchun o‘g‘linikiga bordi. Li uyda yo‘q, chaqaloq ham ko‘rina qolmadi. Shundan keyin darrov politsiyaga xabar berdi.

Tez fursatda Li qo‘lga olindi. U aybini darrov bo‘yniga oldi. Aytdiki, o‘g‘il kutgan, ammo qiz tug‘ilgan. Ikki qizni boqishga esa qurbi yetmasdi. Shuning uchun o‘n yildan beri farzandli bo‘lmayotgan er-xotinga sotib yuborgan…

Oktyabr o‘rtalariga kelib chaqaloq qutqarildi. Uni onasining qo‘liga topshirishdi. Chaqaloqni sotib olgan er-xotin ham qo‘lga olindi. Politsiyachilarning gapiga ko‘ra, ular chaqaloq bola o‘g‘irlab sotadigan jinoyatchilar qo‘liga tushib qolishidan qo‘rqishgan ekan. Unday bo‘lib chiqmadi. U farzandga zor odamlar qo‘liga tushgan ekan.

Xitoy qonunlariga ko‘ra, bola o‘g‘irlash, sotish 5 yildan 10 yilgacha yoki bir umrga ozodlikdan mahrum etish, ba’zan qatl etish bilan jazolanadi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik erkak xudodan o‘g‘il tilagandi. Xotini qiz tuqqach chaqaloqni sotib yubordi