20:39 / 31.10.2018
3 087

«Lester» xo‘jayini vertolyotining halokatga uchrashi videosi paydo bo‘ldi

«Lester» xo‘jayini vertolyotining halokatga uchrashi videosi paydo bo‘ldi
Internetda “Lester” klubi stadioni yonida klub xo‘jayini Vichay Srivaddxanaprabxa vertolyotining qulashi videosi paydo bo‘ldi. Videoda vertolyot stadiondan havoga ko‘tarilayotgani, so‘ngra o‘z o‘qi atrofida aylanib, stadion ortiga qulagani tasvirlangan.

Voqea Angliya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Lester Siti” – “Vest Xem Yunayted” uchrashuvidan keyin yuz bergan.

Ma’lum qilinishicha, aviahalokatda Srivaddxanaprabxadan tashqari uning qizi, ikki uchuvchi va yana bir yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Fojia sababli “Lester”ning “Sautgempton” va “Feyenoord” bilan o‘yinlari boshqa sanaga ko‘chirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Lester» xo‘jayini vertolyotining halokatga uchrashi videosi paydo bo‘ldi