10:02 / 01.11.2018
3 174

Tojikistonda militsiya kapitani tabel to‘pponchadan xotinini otib qo‘ydi

Tojikistonda militsiya kapitani tabel to‘pponchadan xotinini otib qo‘ydi
Xatlon viloyat prokuraturasi tergovchilari Vaxsh tumanida istiqomat qiluvchi Tursunoy Aminovaning o‘limini tergov qilar ekan, ayol eri — mahalliy ichki ishlar bo‘limi xodimi Nabijon Aminjonovning tabel qurolidan otilgan ikkita o‘q tufayli o‘ldirilgan, degan xulosaga kelishdi.

Jinoiy ish yaqin kunlarda sudga yuboriladi, dedi viloyat prokuraturasidagi manba 31 oktyabr kuni.

Fojea 8 sentyabrdan 9 sentyabrga o‘tar kechasi yuz berdi – militsiya kapitani Nabijon Aminjonov Tojikiston mustaqilligi kuniga bag‘ishlagan tantanalar tugaganidan so‘ng uyga qaytib keldi va oilaviy janjal tufayli PM tabel qurolidan xotiniga qarata o‘q uzdi. Tursunoy Aminova hodisa joyida vafot etdi. Xabarlarga ko‘ra, militsiya zobiti voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ko‘z o‘ngida xotinini o‘ldirgan.

Biroq, Nabijon Aminjonovning advokati Siroj Maxmadaliyevning so‘zlariga qaraganda, o‘z himosidagi shaxs qo‘yilayotgan ayblarni inkor qilmoqda. «Aminjonovning aytishicha, xotini o‘n qadam ketganidan so‘ng o‘q ovozini eshitgan. Ortga o‘girilib qaraganida xotinining jasadini ko‘rgan. Himoyamdagi shaxsning aytishicha hodisa vaqtida uyda bolalar bo‘lmagan», -deydi advokat.

Vaxsh IIB analitiki kapitan Aminjonov aynijdamda tergov izolyatorida ushlab turilibdi. Unga nisbatan “qotillik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, hodisadan bir necha kun o‘tib mahalliy militsiya bo‘limi boshlig‘i Rustam Axmadzoda mansabidan ozod qilingan.

Tursunoy Aminova Vaxsh tumanidagi №3 o‘rta maktabda til va adabiyotdan dars bergan. Qo‘shnilar bundan avval er-xotinlar o‘rtasida janjal bo‘lmaganini aytishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda militsiya kapitani tabel to‘pponchadan xotinini otib qo‘ydi