23:50 / 01.11.2018
2 093

CNN: toliblar Afg‘onistonda ilgarigidan ko‘proq hududni nazorat qilmoqda

CNN: toliblar Afg‘onistonda ilgarigidan ko‘proq hududni nazorat qilmoqda
"Tolibon" harakati keyingi uch yil davomida Afg‘onistondagi ta’sir hududini kengaytirdi va ayni paytda 2001 yildan buyon nazorat qilib kelganiga nisbatan kattaroq hududni nazorat qilmoqda.

Bu haqda CNN telekompaniyasi Afg‘onistonda tiklash masalalari bo‘yicha AQSh hukumatining maxsus bosh nazoratchisi ma’ruzasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, bugungi kunda mamlakatning 55,5%i afg‘on hukumati nazoratida yoki ta’siri ostida. Bu 2015 yildan buyon eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.

Uch yil avval Qobul mamlakatdagi tumanlarning 72%ini nazorat qilgan, toliblar esa 7%ini, 21%i esa bahsli hisoblangan. Hozirda esa toliblar Afg‘onistondagi tumanlarning 12,5%ini nazorat qilmoqda.

Ma’ruzada shuningdek, toliblarning faolligi o‘sgani va buning natijasida tinch aholi orasida qurbonlar soni oshgani qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » CNN: toliblar Afg‘onistonda ilgarigidan ko‘proq hududni nazorat qilmoqda