17:52 / 02.11.2018
7 434

Kolumbiyada sevishganlar taksi to‘xtatishdi, rulda esa… ayolning eri

Kolumbiyada sevishganlar taksi to‘xtatishdi, rulda esa… ayolning eri
Taksi haydovchisi tasodif tufayli ayolining xiyonatiga guvoh bo‘lib qoldi.

Kolumbiyalik Yemi ismli ayol bir yildan buyon o‘z ishqiy aloqalarini turmush o‘rtog‘idan berkitib yurgandi. Biroq bir kuni kechqurun juftlik mehmonxonaga yetib olish uchun taksi chaqirtirishdi. Mashina haydovchisi o‘z eri ekanligini ko‘rib, ayol qotib qoldi.

Aslida juftlikni Leonardo ismli shofyor olib ketishi kerak edi. Ayni shu kuni Leonardoning ishi chiqib qolib, Yemining turmush o‘rtog‘idan o‘z o‘rniga chiqib turishini iltimos qilgan. Bechora er xotinini taksiga o‘tirganidan so‘nggina tanib qoldi.

Voqealar rivojini har kim turlicha talqin qilmoqda. Ayrimlar juftlik shu zahotiyoq taksidan tushib ketgan desa, ayrimlar esa mashina salonida kattagina janjal chiqqanini aytishmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyada sevishganlar taksi to‘xtatishdi, rulda esa… ayolning eri