21:05 / 02.11.2018
4 350

Rossiyada noqonuniy tarzda yashayotgan o‘zbeklar vatanga haydab chiqarildi…

Rossiyada noqonuniy tarzda yashayotgan o‘zbeklar vatanga haydab chiqarildi…
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida noqonuniy tarzda yashab kelgan jami 20 nafar o‘zbekistonlik muhojir vatanga haydab solindi. Bu ish Sverdlovsk viloyat sudi hukmiga ko‘ra amalga oshirildi.

Noqonuniy tarzda yashaganlarning 12 nafari ko‘p qavatli uy yerto‘lasida tashkil etilgan sexda ishlab kelgan. Bu sexda qo‘lbola spirtli ichimlik ishlab chiqarilgani aniqlandi.

Rossiya huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari barcha muhojirlarni O‘zbekiston chegarasigacha keltirib qo‘yishdi. Chiptalar muhojirlar hisobidan sotib olindi.

Aytishlaricha, so‘nggi 10 oy ichida Sverdlovskdan 1800 nafarga yaqin muhojir haydab solingan. Barchalari qonunbuzarlik yo‘li bilan viloyatdagi turli shaharlarda bekitiqcha yashab, ishlab kelishgan. Ularning aksariyati esa o‘zbekistonliklar hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada noqonuniy tarzda yashayotgan o‘zbeklar vatanga haydab chiqarildi…