11:36 / 03.11.2018
3 753

Tramp: AQSh Xitoy bilan bitim tuzishga «yaqinlashmoqda»

Tramp: AQSh Xitoy bilan bitim tuzishga «yaqinlashmoqda»
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Xitoy tomoni bilan savdo bitimining imzolanishi tobora haqiqatga aylanib bormoqda. Bu haqda Bloomberg'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoy bilan hamma uchun foydali bitim tuzishni rejalashtirmoqda.

«Biz biror narsa qilish uchun kerak bo‘lgan vaqtga yaqinlashyapmiz», - dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoy bo‘yicha yangi topshiriq bergandi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp vazirlar mahkamasiga Xitoy bilan savdo kelishuvi ishlab chiqish haqida topshiriq berdi. Ta’kidlanishicha, Tramp Argentinadagi G20 sammitida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan, u asosiy vazirlarga savdo kelishuvi uchun ehtimoliy shartlar ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: AQSh Xitoy bilan bitim tuzishga «yaqinlashmoqda»