21:31 / 04.11.2018
3 430

Keniyalik rassom chiqindilardan dekorativ ko‘zoynaklar yasamoqda

Keniyalik rassom chiqindilardan dekorativ ko‘zoynaklar yasamoqda
Nayrobi ko‘chalarida yig‘ilib qolgan chiqindilar: simlar, ignalar, shisha idishlar va boshqa qoldiqlarni ko‘rgan Cirus Kabiru ulardan dekorativ ko‘zoynaklar yasashni boshladi.

"Men chiqindilarga ikkinchi imkoniyat berishni istadim", – deydi u. Nayrobida tug‘ilib o‘sgan Kabiru dastlab xuddi bolalardek qo‘lbola ko‘zoynak tayyorlagan.

U o‘zi yasaydigan ko‘zoynaklarning san’at asari ekanligiga ishonadi. Kabiru ko‘zoynak bilan birga turli niqoblar ham yasaydi.

Rassom butun dunyo bo‘ylab sayohatgga chiqishni niyat qilgan. Safar davomida u chiqindilardan unumli foydalanishni odamlarga o‘rgatadi va o‘z san’atini butun dunyoga namoyish etadi. Kabiru "ko‘zoynaklari"ning hech birida linza yo‘q. "Dekorativ ko‘zoynaklar yaxshiroq ko‘rish uchun emas, dunyoni boshqacharoq ko‘rish uchun taqiladi", – deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keniyalik rassom chiqindilardan dekorativ ko‘zoynaklar yasamoqda