11:11 / 05.11.2018
3 665

Britaniyalik sportchi 155 kun dengizda suzib rekord o‘rnatdi (foto)

Britaniyalik sportchi 155 kun dengizda suzib rekord o‘rnatdi (foto)
Britaniyalik Ross Ejli Buyuk Britaniya oroli atrofida suzib chiqqan tarixdagi ilk odam sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

33 yoshli Ejli o‘z sayohatiga 1 iyunda Margit shahridan jo‘nab, soat strelkasi bo‘yicha suzgancha ulkan orolni aylanib chiqa boshlagan. Yo‘lda unga dengizchi Mettyu Nayt katamaranda hamrohlik qilgan. Ross ushbu katamaranda uxlab, dam olgan. Ejli suvda kuniga 12 soatlab bo‘lgan va biror marta sohilga chiqmagan. U Shimoliy dengiz, La-Mansh, Irland dengizi va Atlantika okeani bir qismini suzib o‘tib, 157 kun ichida 3317 km uzunlikdagi masofani ortda qoldirgan hamda 5 oy avval jo‘nagan joyida sayohatini yakunlagan.

Ejlining aytishicha, u yo‘lida hayratlanarli darajada chiroyli tong otishlar va quyosh botishlaridan tortib meduzalarga tegib ketishdan yuz kuyishi jarohati olishgacha bo‘lgan turli taassurotlarni boshdan kechirgan. Ross rekord suzishi davomida 500 mingdan ko‘proq kaloriya yo‘qotgan va yo‘qotilgan energiya zaxirasini tiklash uchun 640 donadan ko‘proq banan yegan.

Bu Ejlining birinchi marta rekordlar kitobiga kiritilishi emas. U birinchi bor rekordlar kitobiga 2016 yil fevralida 19,5 soat ichida 42 kmlik marafon masofani bosib o‘tganda kiritilgan. E’tiborlisi, u suzish vaqtida o‘z ortidan trosda 1,4 tonnalik avtomashinani sudrab yurgan. 2 oy o‘tib esa Ejli ikkinchi rekordini qayd qilgan: u kanatga sanoqsiz marta chiqib-tushib, umumiy hisobda o‘z tanasini Everest tog‘i (8848 m) balandligiga teng balandlikka ko‘tara olgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik sportchi 155 kun dengizda suzib rekord o‘rnatdi (foto)