11:36 / 06.11.2018
4 031

Xitoy bankida garovga olingan qizni qutqarishda hiyla qo‘llandi (video)

Xitoy bankida garovga olingan qizni qutqarishda hiyla qo‘llandi (video)
Xitoyning Loxe shahridagi banklardan birida jinoyatchi tomonidan garovga olingan qizni qutqarishda hiyla qo‘llandi. O‘tgan hafta yuz bergan voqeada pichoq bilan qurollangan jinoyatchi mahalliy bankning shoxobchalaridan birini tunash vaqtida 19 yoshli qizni garovga olgan.
[media=https://www.youtube.com/embed/_hwmXAHTvgU]
Voqea joyiga yetib kelgan maxsus otryad xodimlari jinoyatchini o‘z hamkasblaridan birini qizga almashtirishga ko‘ndira olishgan. Jinoyatchi ko‘zi o‘ngida politsiyachi o‘z hamkasbining qo‘l oyoqlarini bog‘lab qo‘ygan. Qo‘l-oyog‘i bog‘langan politsiyachi o‘g‘ri yoniga sakrab-sakrab borgan, so‘ngra zich tortilmagan arqonlardan qo‘llarini chiqarib, o‘g‘riga qo‘qqisdan hujum qilgan.

Ta’kidlanishicha, politsiyachi voqea oqibatida kichik jarohatlar olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy bankida garovga olingan qizni qutqarishda hiyla qo‘llandi (video)