09:02 / 07.11.2018
4 012

Shimkent aeroportida o‘zbekistonlik bozorchi ayolni qo‘lga olishdi

Shimkent aeroportida o‘zbekistonlik bozorchi ayolni qo‘lga olishdi
Turkiyaning Istambul shahridan Shimkent aeroportiga kelib qo‘ngan samolyotdan tushayotganda, o‘zbekistonlik savdogar ayol politsiyachilar tarafidan qo‘lga olindi. Uning yonidan 17 ta qimmatbaho uzuk, 24 ta sirg‘a va besh dona ayollar bo‘yniga taqadigan tilla zxanjir topishdi va tortib olishdi.

Yana bir O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida yengil avtomobilda qo‘shni mamlakatga katta partiyada keramikadan yasalgan idish-tovoqlar olib o‘tishni mo‘ljallagan uch o‘zbekistonlik ham qo‘lga olingan. Ularning mashinasida jami 2480 ta turli idishlar bor edi. Buni rasmiy Ostonaning O‘zbekistonga javob chorasi sifatida baholash mumkin. Chunki yaqinda rasmiy Toshkent fuqarolarga Qozog‘istondan arzon bahoda mahsulotlar sotib olishni cheklab qo‘ygandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimkent aeroportida o‘zbekistonlik bozorchi ayolni qo‘lga olishdi