10:30 / 07.11.2018
3 677

AQSh prezidenti Donald Tramp yozgan she’r e’lon qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp yozgan she’r e’lon qilindi
AQSh prezidenti Donald Trampning oraliq saylovlar uchun yozilgan she’ri e’lon qilindi. Ushbu she’r "McSweeney" nashriyoti xodimi Rob Seyrs tomonidan tuzib chiqilgan.

Seyrs ushbu she’rni Trampning oraliq saylovlaridagi nutqlari, bayonotlari va tvitlaridan yig‘ib chiqqan. She’rda oraliq saylovlar davomida qiyoslangan demokratlar va respublikachilar haqidagi fikrlar yaxlitlangan.

“Radikal Demokratlar” deb nomlangan she’rning tagsarlavasida “Oraliq saylovlar uchun she’r” deya izoh yozilgan.

She’r matni quyidagicha:

Radikal Demokratlar (1) (Oraliq saylovlar uchun she’r)

*Demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi tafovutni umumlashtirishni istasangiz, buni esda tuting: (2)

Demokratlar olomonni yetishtiradi, respublikachilar ish o‘rinlari yaratadi. (3)

Ular Maksine Uoters jamoasidir. (4)

Ular – Abram Linkoln tarafdorlari (5)

(Linkoln – juda yaxshi prezident). (6)

Ular karvonlarni yoqtiradilar. (7)

Biz oz miqdordagi soliqlarni ma’qul ko‘ramiz. (8)

Ular muqaddas shaharlarni yoqtiradilar. (9)

Biz “NASCAR” (Yengil avtomobillar poygasi milliy assotsiatsiyasi – tahririyat izohi)ni sevamiz. (10)

Ular uch dyuymli baliqning ma’lum bir turini himoya qilishga intilishmoqda. (11)

Biz Vashingtonni tozalashga urinyapmiz. (12)

Ertaga eshiklaringizni ochib, tashqariga chiqib ovoz bering! (13)

Troy uchun ovoz bering. (14)

Jon uchun ovoz bering. (15)

Brayan uchun ovoz bering. (16)

Ron uchun ovoz bering. (17)

Siz uchun sevimli “Trump Hotel” majmuasi uchun ovoz bering. (18)

Keyin esa Miss AQSh uchun ovoz bering! (19)

Mamlakatingiz uchun ovoz bering, oilangiz uchun ovoz bering. (20)

Ammo iltimos... (21)

Demokratga ovoz bermoqchi bo‘lsangiz, tashvishlanmang! (22)*

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh prezidenti Donald Tramp yozgan she’r e’lon qilindi