18:25 / 07.11.2018
4 678

Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi avtobusga o‘q otildi

Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi avtobusga o‘q otildi
Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi Turkiston viloyatida istiqomat qiluvchi "bezorilar" tomonidan o‘qqa tutildi deb xabar berdi NUR.KZ nashri.

Nashrning xabar berishicha, mazkur voqea 5 noyabr kuni yuz bergan.

Shuningdek xabarda, jinoyatchilar yo‘lovchilar bilan harakatlanayotgan avtobusga qarata travmatik quroldan o‘q uzgani aytilgan. Gumonlanuvchilar darhol qo‘lga olingan.

Ayni damda ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi avtobusga o‘q otildi