17:23 / 08.11.2018
4 372

Xo‘janddagi koloniyada isyon ko‘tarilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan

Xo‘janddagi koloniyada isyon ko‘tarilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan
Tojikistonning Xo‘jand shahridagi qat’iy tartibdagi axloq-tuzatish koloniyasida mahbuslar 8 noyabrga o‘tar kechasi isyon ko‘tarishdi. RIA Novosti So‘g‘d viloyati kuch ishlatar tizimidagi manbalarga asoslanib xabar qilishicha, bu isyon vaqtida 13 mahbus o‘ldirilgan.

«Xo‘janddagi isyon ko‘tarilgan koloniyani qamal qilish vaqtida o‘n uch nafar mahbus halok bo‘lgan», degan agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID a’zosi bo‘lgan mahbuslardan biri qamoqxona nazoratchilaridan birining qurolini tortib olgan va qo‘riqchilarni o‘qqa tuta boshlagan. Mahbuslar koloniyadagi korpuslardan birini qo‘lga olishgan. So‘g‘d viloyati Ichki ishlar bo‘limining maxsus guruhi isyonni bostirgan.

Ayni vaqtda voqea joyida maxsus guruh isyon kelib chiqishi sabablarini o‘rganmoqda.

Yuz bergan hodisadan so‘ng yo‘llardagi postlarda nazorat kuchaytirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xo‘janddagi koloniyada isyon ko‘tarilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan