Xitoy televideniyesi xodimlari sensatsion yangilik – sun’iy ong negizida yaratilgan virtual boshlovchini taqdim qilishdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kiberjurnalistning taqdimoti Chjetszyan viloyatida o‘tgan internetni boshqarish bo‘yicha xalqaro anjumanda o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, virtual boshlovchi o‘zidan gologrammani aks ettirib, uni mamlakatdagi taniqli jurnalist Syu Xaoning tashqi ko‘rinishi va ovozidan foydalanib yaratishgan. Kiberboshlovchini yaratganlarning aytishicha, istalgan odamni virtual boshlovchi prototipiga aylantirish mumkin. Buning uchun maxsus dasturga boshlovchi tasvirga olingan videoni yuklash kifoya qiladi va dastur bu boshlovchining imo-ishoralari, mimikasi va obrazini aniq qaytara oladi.
Xinhua's first English #AI anchor makes debut at the World Internet Conference that opens in Wuzhen, China Wednesday pic.twitter.com/HOkWnnfHdW
— China Xinhua News (@XHNews) November 7, 2018
Ta’kidlanishicha, virtual boshlovchi yordamida televizion kontentni ishlab chiqarishni ancha arzonlashtirish mumkin: bunday boshlovchini grim qilishga hojat bo‘lmaydi, unga na studiya, na tele- va ovoz operatori kerak bo‘ladi va eng asosiysi, u kuniga 24 soat, ta’til va dam olishlarsiz mutlaqo bepul ishlashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi