3 219
Moskvadagi muzokaralarda Afg‘oniston va toliblar yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi
Dastlabki shartlar bajarilmaguniga qadar Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishning imkoni yo‘q, deb ma’lum qildi Afg‘oniston oliy tinchlik kengashi rahbarining o‘rinbosari Hojidin Muhammad.
U Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish ehtimoli to‘g‘risidagi savolga "Yo‘q, Tolibon ayrim shartlarni ilgari surdi", deb javob qaytardi.
Eron TIVning G‘arbiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha bosh direktori Rasul Eslami yaqin kelajakda yana bir uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi.
"Barcha ishtirokchilar qanoat hosil qilishgani bois yaqin kelajakda navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishga kelishib olindi", — dedi Eslami.
Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv 9 noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi. Unda ilk bor toliblarning Dohadagi siyosiy qarorgohidan delegatsiya ishtirok etdi.
Foto: RIA Novosti
Afg‘onistondan esa oliy tinchlik kengashi delegatsiyasi qatnashdi, mamlakat TIVning bildirishicha, mazkur kengash Afg‘oniston hukumatini ifodalamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi