18:12 / 10.11.2018
3 922

Suriyada bir yo‘la 550 juftlikning to‘yi o‘tkazildi

Suriyada bir yo‘la 550 juftlikning to‘yi o‘tkazildi
Foto: «RIA Novosti»
Suriyaning Latakiya shahrida 9 noyabr, juma kuni 550 juftlikning ommaviy to‘yi o‘tkazildi. Bu haqda to‘y tashkilotchisi Syriatel mobil operatori matbuot xizmatiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Ushbu ommaviy tarzda o‘tkazilgan to‘y tantanalari shahardagi to‘yxonalardan birida nishonlandi.

Mazkur to‘ylari o‘tkazilgan 1100 nafar kelin-kuyovlar Suriya armiyasi harbiylari, halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlari, urush paytida yaralangan yigit va qizlardan iborat bo‘ldi.

Ushbu turdagi aksiya oltinchi marta o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida turmush qurganlar soni 1494 nafarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada bir yo‘la 550 juftlikning to‘yi o‘tkazildi