03:55 / 11.11.2018
4 519

Avstriya prezidenti Rossiya foydasiga josuslik qilgan polkovnik voqeasi bo‘yicha izoh berdi

Avstriya prezidenti Rossiya foydasiga josuslik qilgan polkovnik voqeasi bo‘yicha izoh berdi
Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen Ö1 radiostansiyasiga bergan intervyusida iste’fodagi polkovnikning Rossiya bilan aloqalari to‘g‘risidagi josuslik mojarosiga izoh berdi.

Avstriya prezidenti bu borada aniq qaror qabul qilishdan oldin batafsil tekshiruv o‘tkazish zarurligini bildirdi.

"Ayni paytda hodisadan fojia yasashga sabab ko‘rmayapman", — dedi Aleksander Van der Bellen.

Avvalroq Avstriya OAV yigirma yildan buyon Rossiya foydasiga josuslik qilib kelganlikda gumonlanib iste’fodagi polkovnik hibsga olinganini xabar qilgandi.

Avstriya mudofaa vaziri Mario Kunasek josus haqidagi ma’lumotni «do‘st» xorij maxsus xizmati taqdim etganligini bildirdi.

Avstriyada Rossiya uchun josuslik qilishda gumonlanib ushbu mamlakat qurolli kuchlari polkovnigi qo‘lga olingani haqida 9 noyabr kuni ma’lum bo‘ldi.

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Moskvani bu borada javob berishga chaqirdi, mamlakat tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl esa Rossiyaga bo‘lajak tashrifini bekor qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriya prezidenti Rossiya foydasiga josuslik qilgan polkovnik voqeasi bo‘yicha izoh berdi