07:58 / 11.11.2018
4 575

Qoshiqchining qallig‘i so‘nggi o‘lim tafsilotlaridan shokka tushdi

Qoshiqchining qallig‘i so‘nggi o‘lim tafsilotlaridan shokka tushdi
Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining qallig‘i uning o‘limiga doir so‘nggi xabarlarni eshitib hayratda qoldi. Xadicha Jengiz o‘zining Tvitterdagi sahifasida quyidagicha post qoldirgan:

“Men sizning tanangizni bo‘laklarga bo‘lishganini qabul qilolmayapman, Jamol! Ular sizni o‘ldirishdi va tanangizni bo‘laklarga bo‘lishdi. Meni va oilangizni aza tutish va o‘zingiz istaganingizdek sizni tanangizni Madinaga dafn etishdan mosuvo qilishdi”, deb yozdi.

“Bu qotillar va qotillik ortida inson qo‘li bormi? Ey, Xudoyim!”

Saudiyalik “Washington Post” gazetasining sharhlovchisi Qoshiqchi 2 oktyabr kuni Istanbuldagi Saudiya konsulligida o‘ldirilgan.

Istanbuldagi prokuraturaning bergan bayonotiga ko‘ra, uni bo‘g‘ib o‘ldirishgan.

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoshiqchining qallig‘i so‘nggi o‘lim tafsilotlaridan shokka tushdi