16:46 / 11.11.2018
4 181

Amerika mo‘miyosi Yangi Dunyo tarixini shubha ostiga qo‘ydi

Amerika mo‘miyosi Yangi Dunyo tarixini shubha ostiga qo‘ydi
Genetiklar Amerikaning eng qadimiy mo‘miyosi DNKsi shifrini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi, bu Yangi Dunyoning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi tarixiga yangicha nazar tashlashga yordam berdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Yoshi 10,6 ming yilga teng bo‘lgan mo‘miyo 1940 yilda Nevada shtatidagi Spirit g‘oridan topilgandi.

Olimlar uning yaxshi saqlanib qolgan DNKsi genomlarining har bir qismini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi va yangicha xulosaga kelishdi.

Ularning xulosasiga ko‘ra, 10 ming yil avval Shimoliy va Janubiy Amerikaning barcha aholisi bir-biriga qondosh bo‘lishgan. Bu esa odamlar Yangi Dunyoga bir paytlar Yevrosiyo va Shimoliy Amerikani yagona superqit’a sifatida birlashtirib turgan Bering bo‘g‘ozi orqali o‘tishgan degan taxminni shubha ostiga qo‘yadi.

Ilgari olimlar tub amerikaliklar 250 nafarga yaqin ko‘chmanchi aholidan kelib chiqqanini bildirishgandi. Keyinchalik ular yangi ko‘chib kelganlar bilan aralashib ketishlari natijasida aholining genetik turli-tumanligi saqlanib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika mo‘miyosi Yangi Dunyo tarixini shubha ostiga qo‘ydi