Bugun, 11 noyabr — Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni». «Sinxua» agentligi xabar berishicha, Xitoydagi onlayn-savdo platformalarining savdo aylanmasi «Bo‘ydoqlar kuni» 30 milliard dollardan oshib ketishi kutilyapti. Yanayam aniqroq summa — 32 milliard dollar.
«Bo‘ydoqlar kuni» nikohda bo‘lmagan insonlarga bag‘ishlangan bayram, Xitoyda har yili 11 noyabr kuni nishonlanadi. Oxirgi yillarda yirik kompaniyalar yirik ulgurji savdolarini aynan shu kunga belgilashga odatlanishmoqda.
«AliExpress» hamda «Tmall» onlayn-maydonlarini boshqaruvchi «Alibaba» kompaniyasi 2013 yildan bu amaliyotni internet-savdolarga ham joriy etdi. «Tmall» onlayn-maydoni «Bo‘ydoqlar kuni» rekordini o‘rnatgan: 24 soat ichida 168,2 milliard yuanlik mahsulot sotgan.
O‘tgan yildan «Alibaba Group» ulgurji savdolarni g‘arb bozoriga ham tatbiq etdi, natijada «AliExpress» Buyuk Britaniya va AQSh da ommalashib ketdi. Bugungi sanada oldingi rekordlar yangilanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?