23:20 / 14.11.2018
3 799

Qirg‘izistonga tashrif buyurgan 5 mln sayyohdan yarmi o‘zbekistonliklar

Qirg‘izistonga tashrif buyurgan 5 mln sayyohdan yarmi o‘zbekistonliklar
Qirg‘izistonga joriy yilning ilk 9 oyida 5 mlndan ko‘proq sayyoh buyurgan. Yil oxirigacha esa ularning soni 5,5 mlngacha oshishi kutilmoqda. Bunday ma’lumotlarni Qirg‘iziston turizm departamenti direktori o‘rinbosari Chubak Omorov biznesni rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha kengash yig‘ilishida keltirgan.

Omorovning aytishicha, turizm departamenti mamlakatga keluvchi xorijiy fuqarolarni hisoblashda BMTning Jahon turistik tashkiloti tomonidan qabul qilingan tasniflashdan foydalanadi. Ta’kidlanishicha, Turkiya va Gruziyada ham sayyohlar shunday usulda hisoblanadi.

Omorov Qirg‘izistonga ilk 9 oy ichida kelgan umumiy sayyohlarning deyarli yarmi, ya’ni 2,5 mln nafari O‘zbekistondan tashrif buyurganiga alohida e’tibor qaratgan. Vaholanki, 2017 yilda Qirg‘izistonga 379 ming o‘zbekistonlik tashrif buyurgan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, shu tariqa O‘zbekiston fuqarolari bu borada Qirg‘izistonga yaqin va uzoq xorijiy davlatlardan keluvchi sayyohlarni ancha ortda qoldirganlar.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda Qirg‘izistonga 2,5 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.

Jahon turistik tashkiloti 2017 yil yakunlariga ko‘ra Qirg‘izistonni yaqin orada mamlakatga keluvchi sayyohlar oqimi keskin oshadigan yetakchi 10 davlat qatoriga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonga tashrif buyurgan 5 mln sayyohdan yarmi o‘zbekistonliklar