13:13 / 15.11.2018
2 730

80 kundan beri Xitoyda bir it olamdan o‘tgan egasini kutib vaqt o‘tkazmoqda

80 kundan beri Xitoyda bir it olamdan o‘tgan egasini kutib vaqt o‘tkazmoqda
2018 yil avgustidan beri Xitoyning Xux-Xoto shahri ko‘chalaridan birida it allaqachon o‘lim topgan egasini kutib vaqt o‘tkazmoqda.

— Mana, deyarli uch oy bo‘ldi, — deydi taksi haydovchisi Go Sinxua. — Havo issiqmi, yomg‘ir, sel quyadimi, baribir bu it yo‘l chetida o‘tirgancha xo‘jayini kelishini kutyapti. Xo‘jayini esa 21 avgust kuni xuddi shu joyda avtohalokatga uchrab vafot etgan. Bu itni ko‘p marta o‘zim ham, boshqa odamlar ham ovqatlantirishga harakat qildik. Ammo u begona odam yaqinlashsa, qochib ketadi. Hamma ketgandan keyin yana shu yerga kelib o‘tirib olaveradi…

Xitoydagi jonivorlarni himoya qilish tashkiloti vakillari itning xo‘jayiniga aloqador odamlar yoki qarindoshlarini qidirib topishga urinishyapti. Agar ularni topa olishmasa, yoki qarindoshlar itni olib ketishni xohlashmasa, tashkilot vakillari boshqa yangi xo‘jayin qidirishga ahd qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 80 kundan beri Xitoyda bir it olamdan o‘tgan egasini kutib vaqt o‘tkazmoqda