Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 5 yoshli Rahim Kuriyevga ikkita qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish bo‘yicha mashqni to‘rt mingdan ortiq marta bajargani uchun oq Mercedes sovg‘a qildi.
Checheniston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha vazirligi rahbari Musa Xanarikovning so‘zlariga ko‘ra, bola kuch mashqini 2 soat-u 26 daqiqa ichida tanaffuslarsiz 4105 marta bajardi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya rekordlar kitobi vakillarida rekordni rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon bermagan «kichik savollar paydo bo‘ldi».
Foto:vk.com/ramzan
«Bu mashinani senga Ahmad Hoji Qodirov nomidagi xayriya jamg‘armasi prezidenti Aymani Qodirova yubordi. Otang seni unda olib yursin, sen oq «Mersedes»da yurishga loyiqsan», - dedi Qodirov Kuriyevga.
O‘z navbatida, bolaning o‘zi Qodirovga kuch mashqini besh mingdan ortiq marta bajara olishi mumkinligini aytdi hamda o‘z imkoniyatlarini mashina kapotida namoyish etib berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi