4 645
Taksichi yo‘lovchiga karmonini qaytarishga 8 soat urindi va uni topganda yig‘lab yubordi
Moskvada qirg‘izistonlik taksichi mashinada karmonini unutib qoldirgan qizni topish uchun sovuqda 8 soat vaqt o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda qizning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Varya Borsova ismli ushbu qiz Moskvaga tonggi soat 5 da uchib kelgan va uyiga yetib olish uchun taksi yollagan. U keyingi kun peshin vaqtida uyqudan turgach, taksida pullar, hujjatlari va bank kartalari bo‘lgan karmonini unutib qoldirganini aniqlagan. Qiz qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali haydovchini topishga uringan, biroq unga yordam bera olishmagan.
“Keyingi yarim soat ichida men rus mafiyasi shaxsiy ma’lumotlarimni o‘g‘irlab, Sochida mening pullarimga bazm uyushtirganini tasavvur qila boshladim”, deb yozgan qiz. Shunda uning otasi derazadan tashqariga qaraganda, pod’ezd oldida bir erkakka ko‘zi tushgan. Aniqlanishicha, bu erkak o‘sha taksichi bo‘lgan.
O‘z navbatida, taksichi mashinasida unutib qoldirilgan karmonni ko‘rib, taksopark koll-markazi bilan bog‘langan, biroq u yerda yo‘lovchining ma’lumotlari saqlab qolinmagan. O‘shanda u qizning uyiga qaytib, uni qidirishga urinib 8 soat ko‘chada o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Qiz uyidan chiqqanda esa ularning ikkisi ham yig‘lab yuborishgan. “Qancha uxlash mumkin? Men sovqotib ketdim!”, deb aytgan taksichi.
Ta’kidlanishicha, qiz minnatdorchilik sifatida taksichiga unga to‘lagan kira haqidan 5 marta kattaroq pul bergan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi