12:44 / 18.11.2018
4 005

CIA: Muhammad bin Salmon Qoshiqchi o‘limiga aloqador

CIA: Muhammad bin Salmon Qoshiqchi o‘limiga aloqador
AQSh Markaziy razvedka agentligi (MRA - CIA) jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida Saudiya Qirolligi taxt vorisi Muhammad bin Salmonning qo‘li borligiga ishonadi, deb xabar berdi Turon24 AA "Reuters"ga tayanib.

Manbaga ko‘ra, bu AQShning ittifoqchi mamlakatlar bilan munosabatlarini murakkablashtirishga qaratilgan, deya ishonilmoqda.

MRA o‘z xulosalari bilan AQSh Kongressi va boshqa davlat idoralarini tanishtirgan. Tashkilot xulosasi Saudiya Arabistonining "shahzodaning jurnalist o‘limiga aloqasi yo‘q" degan iddaolarini shubha ostiga oladi.

Saudiya Arabistonining Vashingtondagi elchixonasi MRA xulosasini rad etdi. “Ushbu xulosalar haqiqatdan yiroq. Biz bu borada turli xil asossiz mulohalarni eshitib kelmoqdamiz”, – deydi elchixona vakilasi.

AQSh Davlat departamenti esa maxfiy xabarga izoh berishdan bosh tortdi.

Prezident Donald Tramp va prezident ma’muriyatidagi yuqori lavozimdagi mulozimlar Saudiya Arabistoni jurnalist o‘limiga aloqador bo‘lganlarni jazoga tortishga chaqirmoqda. Biroq ular Qirollik bilan ittifoqchilik aloqasini ham saqlab qolish muhimligini ta’kidlashmoqda.

AQSh rasmiylari Saudiya Arabistoni AQShning Eronning Yaqin Sharqdagi ta’siriga qarshi kurashda muhim rol o‘ynashini tushunadilar. Shu bois Tramp Saudiya Qirolligiga qarshi qurol sotishni cheklamasligini bildirdi.

Shunga qaramay, AQSh Jamol Qoshiqchi o‘limidagi roli uchun Saudiyaning 17 nafar fuqarosiga sanksiya choralarini kiritgan edi.

Jurnalist Jamol Qoshiqchi 12 oktyabrda Sadiya Arabistonining Istambuldagi elchixonasiga xujjatlarni olish uchun kelganida o‘ldirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » CIA: Muhammad bin Salmon Qoshiqchi o‘limiga aloqador