Indoneziyada 3 farzandli ayol ishxonasida boshlig‘ining tegajoqlik qilishi isbotini taqdim qilgani uchun yarim yilga panjara ortiga jo‘natildi. Bu haqda The Independent'ga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.
Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan Baik Nuril Maknun ismli ayol unga shilqimlik qilib yurgan o‘quv bo‘limi boshlig‘i bilan suhbatini yozib olgan. Ayol advokatining aytishicha, mijozi audioyozuvni sudda erkak tomonidan ko‘p marta jinsiy tegajoqlik qilinishining isboti sifatida taqdim qilgan. Biroq erkak qarshi da’vo arizasi bergan va ayol elektron axborotni saqlash va taqdim qilish haqidagi qonunga ko‘ra “axloqsiz materiallarni” tarqatishda aybdor deb topilib, jazolandi.
Ayolga qamoq jazosidan tashqari, 500 mln rupiy (35 ming dollar) jarima to‘lash majburiyati qo‘yilgan.
Maknunni sud qarorini “odil sudlovga parodiya” deb atagan huquq himoyachilari qo‘llab-quvvatlashmoqda. Huquq islohotlarini tadqiq qilish institutidan Maydiana Rahmavatiyning aytishicha, sudning bunday qarori kelgusida ayollarning tegajoqlikka uchrashlari bo‘yicha shikoyatlar bilan politsiyaga murojaat qilishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Foto: Ahmad Subaidi /Antara Foto
Ayolning advokati mijozi bilan birga sud qarori ustidan arz qilmoqchiligini, biroq ayol istalgan vaqt hibsga olinishi mumkinligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi