23:21 / 26.11.2018
3 692

Avstraliyada uxlab qolgan uchuvchi qo‘nish joyidan qariyb 50 kilometr uzoqlikka uchib ketdi

Avstraliyada uxlab qolgan uchuvchi qo‘nish joyidan qariyb 50 kilometr uzoqlikka uchib ketdi
Foto: «RIA Novosti»
Avstraliyaning Devenport shahridan qo‘shni King oroliga uchayotgan charter reys uchuvchisi shturvalda uxlab qoldi va belgilangan joydan 46 kilometr uzoqlikka uchib ketdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Hodisa 8 noyabr kuni yuz bergan, biroq u haqda endi ma’lum bo‘ldi.

Vortex Air aviakompaniyasiga qarashli Piper PA-31 samolyotining uchuvchisi shu kunga rejalashtirilgan yettita reysdan birinchisini amalga oshirgan. Samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan, hech kim jabrlanmagan.

Avstraliyaning transport xavfsizligi byurosi hodisani «uchuvchining ish qobiliyati buzilishi» deb baholagan va tekshiruv boshlagan. Tekshiruv doirasida byuro uchuvchini tergov qiladi va aviakompaniyada operatsion jarayonlarni amalga oshiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada uxlab qolgan uchuvchi qo‘nish joyidan qariyb 50 kilometr uzoqlikka uchib ketdi