Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Xayko Maasning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Rossiya va Xitoy bilan raqobati Yevropa mamlakatlariga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy geosiyosiy muhit jahondagi qudratli davlatlar o‘rtasida yuz beruvchi raqobat bilan aniqlanadi.
«Ushbu musobaqa arenasi yanada aniqroq bo‘lib bormoqda: bir tomondan, iqtisodiy, Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi, savdo mojarolarining kuchayish ehtimoli bilan. Boshqa tomondan, AQSh va Rossiya, shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi strategik raqobat», - dedi Maas.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda Yevropa hammadan ko‘p yo‘qotmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShga keskin javob qaytargandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuanning bildirishicha, AQSh prezidenti huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar kengashi raisi Kevin Xassetning Xitoy Jahon savdo tashkilotidan (JST) chiqarib yuborilishi haqidagi bayonoti bema’ni va Qo‘shma Shtatlarning takabburligi isbotidir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi