13:43 / 28.11.2018
5 042

Kitlar "yangi ov usuli"ni o‘zlashtirmoqda (foto, video)

Kitlar "yangi ov usuli"ni o‘zlashtirmoqda (foto, video)
14 metr uzunlikka va 30 tonna og‘irlikka yetadigan bukri kitlar katta og‘zi bilan baliqlar va planktonlar to‘dalarini tutib, so‘ngra og‘izlariga tushgan suvni yuqori jag‘da tishlar o‘rniga o‘suvchi, zich joylashgan muguz plastinalar orqali o‘tkazib, o‘ljani suzib oladi.

Kitlarda bir necha ov qilish texnikasi mavjud. Misol uchun, o‘ljani pufakchali to‘rga haydash usuli: bunda kit baliqlar to‘dasi ostiga sho‘ng‘ib, havo chiqarib spiral bo‘yicha yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Baliqlar pufakchalardan iborat devor bilan qurshalib, suv sirtida g‘uj bo‘lib oladi va yengil o‘ljaga aylanadi.

Foto: National Geographic
Biologlar bir necha yil avval bukri kitlarda yana bir ov qilish usulini payqashgandi. Bunda kitlar baliqlar to‘dasini aniqlab, sirtga ko‘tarilib, ohista og‘izlarini ochadi. Bunda baliqlar kit og‘ziga o‘zlari kirib ketishadi (ehtimol, baliqlar kit og‘zini havoda aylanib yuruvchi qushlardan panagoh deb qabul qilishgan).

Agar baliqlar noodatiy panagohdan foydalanishga shoshmasalar, kitlar ularni suzgichlari bilan og‘ziga yo‘naltirishlari mumkin bo‘lgan.

2011 yilda biologlar Vankuver yaqinida ikkita kit ushbu ov usulidan foydalanayotganini payqashgan. 4 yil o‘tib 16 kit, hozirda esa 20 kit baliqni shunday usulda ovlayotgani qayd qilingan.
[media=https://www.youtube.com/embed/I-9NGcy1tdM]
Ko‘rinishicha, ushbu taktika kitlar orasida ommalashmoqda. Bu esa bukri kitlar bir-birlaridan o‘rganishlaridan darak berishi mumkin. Shuningdek, kitlarning okeandagi o‘zgarayotgan sharoitlar, misol uchun yem miqdoriga moslashayotganlarini namoyish qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kitlar "yangi ov usuli"ni o‘zlashtirmoqda (foto, video)