15:46 / 28.11.2018
3 449

Nazarboyev hayotdan nolishni yaxshi ko‘radigan qozog‘istonliklarga qabristonga borishni maslahat berdi

Nazarboyev hayotdan nolishni yaxshi ko‘radigan qozog‘istonliklarga qabristonga borishni maslahat berdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hayotdan nolishni yaxshi ko‘radigan fuqarolarga qabristonga borishni maslahat berdi. Bu haqda u 28 noyabr kuni Ostonadagi VIII Fuqarolik forumida so‘zlagan nutqida aytdi.

Respublika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u hayotiy qiyinchiliklar yoki jismoniy kamchiliklarga qaramay, taslim bo‘lmaydigan, rivojlanishda davom etadigan odamlardan ilhomlanadi.

«Biz tez-tez hayotdan shikoyat qilamiz: u yetmayapti, bu yetmayapti. Agar hayot haqiqatdan ham og‘irlashsa, kasalxonalarga borib ko‘ring. Qabristonga borib ko‘ring. U yerda yotganlarga sendan ko‘ra yomonroq. Biz esa qo‘l-oyoqlarimiz bo‘lib turibdi, sochimizni yulamiz: «Qanchalik hammasi og‘irlashib ketdi». Bu noto‘g‘ri. Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘zingizni qo‘lga olib, ishlang. Yoshlar bunga o‘rganishi kerak», - deya ta’kidlab o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev 15 yoshgacha to‘yib ovqatlanmagani haqida ma’lum qilgandi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev hayotdan nolishni yaxshi ko‘radigan qozog‘istonliklarga qabristonga borishni maslahat berdi