18:04 / 28.11.2018
4 350

Nursulton Nazarboyev: «15 yoshgacha to‘yib ovqatlanmaganman»

Nursulton Nazarboyev: «15 yoshgacha to‘yib ovqatlanmaganman»
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning fikricha, hayotdagi qiyinchiliklar unga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu haqda u Ostonada chorshanba, 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan fuqarolik forumidagi nutqida aytdi, deb xabar beradi Kun.uz.

Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, u hayotning barcha og‘irliklariga chidashga majbur edi. «Men urushdan keyin butunlay qashshoqlikda yashagan oddiy qishloq yigitiman. Hech narsa yetmagan, kiyishga kiyim ham bo‘lmagan, 15 yoshimgacha to‘yib ovqatlanganimni eslay olmayman. Biroq, balki aynan shu sababdan ham men yanada sog‘lom bo‘lgandirman», - deya ta’kidlab o‘tdi u.

Nazarboyevning aytishicha, kasb-hunar texnikumida egallagan po‘lat tayyorlovchi kasbi unga juda yordam berdi. U domna pechida og‘ir sharoitlarda ishlagan: «1500 darajadagi metall, orqada - minus 40, oldinda - 1000 daraja».

Qozog‘iston yetakchisi yoshlarga mehnat qilishga tayyorgarlik ko‘rish va adolatsizlikni yengib o‘tishga o‘rganish haqida maslahat berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev: «15 yoshgacha to‘yib ovqatlanmaganman»