18:20 / 30.11.2018
3 670

Xitoylik milliarder o‘z kompaniyasini kazinoda xonavayron qildi

Xitoylik milliarder o‘z kompaniyasini kazinoda xonavayron qildi
Xitoyning Gionee smartfonlari ishlab chiqarish kompaniyasi asoschisi va rahbari Lyu Liron kazinoda katta summa yutqazib, kompaniyasini bankrotlikka yetkazdi.

Biznesmen kazinoda 10 milliard yuan (1,4 milliard AQSh dollar) yutqazdi. Tadbirkor Gionee’ga tegishli pullarni ham yutqazib qo‘yganini tan oldi. Aniq summa haqida u dekabr oyida kompaniya bankrotlik tadbirlarni boshlaganda aytishga va’da qildi deb xabar bermoqda Daryo.uz nashri.

2002 yilda tashkil etilgan Gionee faoliyatining dastlabki yili simli telefonlar, keyinroq esa smartfonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Kompaniya raqobatni yengib, xalqaro bozorga chiqa olmadi. Rahbariyat omadsizliklarni marketingga sarflangan pullar bilan bog‘laydi. 2016 yildan Gionee har oy 29 million AQSh dollar yo‘qotgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik milliarder o‘z kompaniyasini kazinoda xonavayron qildi