18:08 / 05.12.2018
6 577

BAAdan qochib keta olmagan "Dubay malikasi" dom-daraksiz yo‘qoldi

BAAdan qochib keta olmagan "Dubay malikasi" dom-daraksiz yo‘qoldi
Birlashgan Arab Amirliklarining vitse-prezidenti Muhammad ibn Rashid al-Maktumning qizi Latifa bin Muhammad al-Maktum mamlakatdan qochishga besamar urinishlaridan so‘ng, dom-daraksiz yo‘qolib qoldi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Dubayning 33 yoshli malikasi Latifa bin Muhammad al-Maktum BAAdan qochishga bir necha bor uringan.

Malikaning so‘nggi urinishi shu yilning mart oyida, yaxtada Hind okeani orqali qochish rejalashtirilgan bo‘lgan. Biroq, yaxta Hindiston dengiz kuchlari va BAA maxsus xizmat vakillari tomonidan qo‘lga olinib, malika Dubayga olib ketilgan. Ushbu voqealardan so‘ng, Dubay malikasi haqida hech qanday ma’lumotlar berilmagan.

BAAdan qochishdan avval, malika YouTube’ga o‘zi va opa-singillari haqida, ular nega mamlakatdan qochib ketmoqchi bo‘lganliklari hamda BAAda ayollarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishlari haqida hikoya qilingan videorolikni joylagandi.

Dubay rasmiylari malika haqida hech qanday ma’lumotlar bermagan. Mamlakatdagi manbalarning bergan ma’lumotiga ko‘ra: «malika o‘z oilasi davrasida baxtli hayot kechirmoqda».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAdan qochib keta olmagan "Dubay malikasi" dom-daraksiz yo‘qoldi