22:48 / 05.12.2018
4 767

Qozog‘istonlik ayolning nomida 223 ta avtomobil borligi aniqlandi

Qozog‘istonlik ayolning nomida 223 ta avtomobil borligi aniqlandi
Qozog‘iston poytaxti Astanada yashaydigan ayolining nomida 223 ta avtomobil borligi aniqlandi. Bu haqda Zakon.kz'ga tayanib "Daryo" xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolning to‘lanmagan soliqlardan qarzdorligi aniqlangan. Shundan so‘ng uning hisob raqamlari va kartalari muzlatilgan. Nomida 223 ta avtomobil borligini esa, ayol sud ijrochilaridan bilgan.

Qozog‘istonlik deputat Shakir Xaxazovga ko‘ra, mamlakatda minglab odamlar o‘z nomiga nimalar rasmiylashtirilganidan bexabar. Deputat moliya vaziridan vaziyatga zudlik bilan aralashib, mazkur muammoga yechim topishga chaqirdi. Shakir Xaxazov Qozog‘iston soliq to‘lovchilar bazasida yo‘l qo‘yiladigan qo‘pol xatolar uchun hech kim javobga tortilmasligidan ham noroziligini bildirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik ayolning nomida 223 ta avtomobil borligi aniqlandi