22:30 / 06.12.2018
4 377

Serbiyada echki uy egalarining naqd 20 ming yevro pulini yeb bitirdi

Serbiyada echki uy egalarining naqd 20 ming yevro pulini yeb bitirdi
Serbiyaning Ranilovich qishlog‘ida yashovchi Simichlar oilasi anchadan beri 10 gektar yer sotib olib ro‘zg‘orni kengaytirish ilinjida pul yig‘ishgandi. Nihoyat orzulari ushalib, talab qilingan 20 ming yevro pulni to‘play olishdi. Shu kuni ertalab yer egasi kelib, ular bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolashi, yer pulini olib ketishi lozim edi.

Uy bekasi pullarni stol ustiga qo‘ydi-yu, mol-qo‘ylarga yem berish niyatida tashqariga chiqdi. Eri ham hovlida edi. Echki qanday qilib qiya ochiq eshikdan ichkariga kirganini hech kim sezmay ham qoldi. Er-xotin tashqarida turib nimaningdir shitir-shitirini eshitgandek bo‘ldi-yu, shosha-pisha ichkariga o‘zini urdi. Ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, echki pullarning deyarli hammasini yeb bitirgandi. Faqatgina 300 yevrogina qolgandi…

Bu er-xotin uchun juda kuchli zarba bo‘ldi. Tushkunlik botqog‘iga shu qadar chuqur botishdiki, hatto kechki ovqat uchun tortilgan pulxo‘r echkining go‘shti ham ularni bu botqoqdan tortib olishga ojiz qoldi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiyada echki uy egalarining naqd 20 ming yevro pulini yeb bitirdi