15:35 / 09.12.2018
7 073

«Dunyo go‘zali — 2018» tanlovida meksikalik qiz g‘alaba qozondi (foto, video)

«Dunyo go‘zali — 2018» tanlovida meksikalik qiz g‘alaba qozondi (foto, video)
«Dunyo go‘zali — 2018» nomiga bu yil Meksika vakili Vanessa Ponse de Leon sazovor bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Meksikalik dunyo go‘zali 26 yoshda. U xalqaro biznes bo‘yicha ilmiy unvonga ega, reabilitatsion markazning direktorlar kengashi tarkibiga kiradi. Vanessa ko‘ngilli, model va boshlovchilik bilan shug‘ullanadi, voleybol va rasm chizishga qiziqadi.

Foto: «Tengrinews »
«Dunyo go‘zali — 2018» tanlovi g‘olibi pul mukofotini qo‘lga kiritadi, ammo shartnoma shartlariga ko‘ra uni xayriyaga yo‘naltirishi lozim. G‘olibga esa toj, Londonda yashash uchun bir yillik uy to‘lovi hamda keyingi tanlovgacha xayriya aksiyalarida ishtirok etish majburiyati nasib qiladi.

«Dunyo go‘zali — 2018» tanlovining final bosqichi Xitoyning Xaynan orolida joylashgan Sanya shahrida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 118 mamlakatdan bo‘lgan qizlar bir oy davomida hay’at a’zolari kuzatuvida turli shartlardan o‘tgan.




Final bosqichda ishtirokchilar turli xalqlarning raqslarini ijro etib, ijodiy chiqishlar hamda kechki liboslarni namoyish etgan.
[media=https://www.youtube.com/embed/67SG7E5xmQE?start=0]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Dunyo go‘zali — 2018» tanlovida meksikalik qiz g‘alaba qozondi (foto, video)