Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan murojaat e’lon qildi.
Uning fikricha, oddiy fuqarolar va davlat hisobiga boyishni istaydiganlarning qarshiliklariga qaramasdan, mamlakatda o‘tgan bir yil ichida ko‘p ishlar amalga oshirilgan.
«Asosiy e’tibor korrupsiya paydo bo‘lishiga olib keladigan sabablarni bartaraf qilishga qaratilmoqda. Davlat xizmatchilarining fuqarolar bilan muloqotlarida inson omilini kamaytirish, tadbirkorlarning ishlariga asossiz aralashuvlar, noqonuniy tekshirishlardan himoya qilishga qaratilgan choralar qabul qilinmoqda», deya qayd etgan Sooronbay Jeenbekov.
Murojaatda aytilishicha, «O‘z cho‘ntagini o‘ylab davlat vakolatlarini suiiste’mol qilganlar nafaqat qonun bilan jazolanishi, balki omma oldida sharmanda qilinishi lozim».
Avvalroq Qozog‘istonda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar ro‘yxatini e’lon qilish taklif etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»