14:50 / 10.12.2018
4 755

Poraxo‘rlik qaysi tizimda ko‘p uchramoqda?

Poraxo‘rlik qaysi tizimda ko‘p uchramoqda?
Foto: Vkpress.ru
«RIA Novosti»ning Rossiya Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, mamlakatda korrupsiya darajasi o‘tgan yilgiga qaraganda 10 foiz oshgan. Poraxo‘rlik darajasi, ayniqsa poytaxt va Moskva viloyatida yuqori ekanligi ta’kidlanadi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili S.Petrenkoning shahodaticha, poraxo‘rlikda ichki ishlar organlari xodimlarining «oldiga tushadiganlar» yo‘q. Joriy yilda politsiya tizimidagi 800 nafarga yaqin katta-kichik amaldor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Keyingi o‘rinni deputatlar band etgan: yil boshidan buyon 502 nafar xalq vakillari pora bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib, javobgarlikka tortilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Poraxo‘rlik qaysi tizimda ko‘p uchramoqda?