18:00 / 12.12.2018
5 124

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlaganidan afsusda

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlaganidan afsusda
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev prezident saylovida nomzod sifatida Sooronbay Jeenbekovni (amaldagi prezident) tanlab xato qilganini aytdi. Bu haqda sobiq prezident 10 dekabr kuni “Aprel” telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

“Faqat bitta odamga ishonib, katta xatoga yo‘l qo‘ydim. Bu mening aybim”, – degan Atambayev.

2017 yil 15 noyabr kuni sotsial-demokratlar partiyasidan nomzod Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alaba qozongan.

Atambayev nima sababdan Jeenbekovni tanlaganini aytgan. Unga ko‘ra, sobiq prezident SDPdan prezidentlikka nomzod sifatida xalqning roziligi va birligi uchun janubiy nomzod ko‘rsatilishi kerak deb o‘ylagan.

“Janubiy nomzod kim bo‘lishi haqida o‘ylaganimda, xayolimga Sooronbay Jeenbekov va Asilbek Jeenbekov kelgan. Bir yildan beri qayerda xato qilganimni o‘yladim, keyin bildimki, janubiy nomzod sifatida Sooronbay Jeenbekovga ko‘p ishonib yuborgan ekanman. Qadrdon do‘st kabi ishonibman. Yangi prezidentni tanlashda unga ko‘proq e’tibor qaratib, kimnidir bo‘lsa-da sotganmi yoki yo‘qligini bilishim kerak edi. Yonimda ishlaydigan odamlar mendan ko‘pgina ma’lumotlarni yashirishgan, afsuski, ularni endi bilayapman”, – degan Atambayev.

2017 yilgi prezident saylovida Atambayevning vorisi sifatida Sooronboy Jeenbekov ushbu lavozimni egallagan. Biroq u davlat idoralarini sobiq prezident Almazbek Atambayevning yaqinlaridan "tozalash" ishlarini amalga oshirdi.

Almazbek Atambayev prezidentligi davrida xizmat qilgan sobiq bosh vazir Sapar Ishoqov, Jonto‘ra Sotiboldiyev korrupsiyada ayblanib hibsga olingan. Aprelda Jeenbekov Atambayev ittifoqchilaridan bosh prokuror va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlarini ishdan bo‘shatgan. Iyulda Bishkekning sobiq meri Alibek Ibraimov ham korrupsiyada ayblanib ishdan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlaganidan afsusda