14:33 / 13.12.2018
4 237

Ayol bolasi bilan ular ustiga bostirib kelayotgan yuk mashinadan arang qochib qutildi (video)

Ayol bolasi bilan ular ustiga bostirib kelayotgan yuk mashinadan arang qochib qutildi (video)
Vetnamning Xalong shahrida yuk mashinasi uchta avtomobilni urib yubordi va odamlarni bosib ketishiga bir bahya qoldi.

Haydovchi ayol yo‘l chetida to‘xtab, bolasi bilan mashinasidan tushganda qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan tirkamali yuk mashina yo‘l o‘rtasidagi beton ajratgichga urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Ayol o‘zi tomon bostirib kelayotgan yuk mashinasi yo‘lidan oxirgi lahzada qochib qolishga ulgurgan. Voqea guvohlardan birining mashinasidagi videoregistrator tomonidan muhrlangan.

Yuk mashinasi ikkita, jumladan ayol kelgan mashinani urib yuborgan va yo‘l chetida turgan yana bir mashinaga borib urilgan. Baxtli tasodif tufayligina yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.
[media=https://www.youtube.com/embed/BdbMi9lOyQk]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol bolasi bilan ular ustiga bostirib kelayotgan yuk mashinadan arang qochib qutildi (video)